16:45 / 31.03.2018
4 755

Jizzaxda shakar zavodi quriladi

Jizzaxda shakar zavodi quriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Zafarobod tumanidagi suv omborining qurilish jarayoni bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu suv inshooti Jizzax viloyatida foydalanilmay turgan 20 ming gektar yerni suv bilan ta’minlash, ekin maydonlarini kengaytirish imkonini beradi. Shu atrofdagi tumanlarda hech narsa ekilmagan, kuchli yer ko‘p. Ularga eksportbop va sanoatbop ekinlar ekib, yuqori daromad olish mumkin.

Biz bu hududda lavlagi yetishtirish, uni qayta ishlab, shakar chiqaradigan zavod qurishni rejalashtirganmiz. Bu mamlakatimizning shakar mustaqilligini ta’minlash uchun juda zarur. Qayta ishlangan mahsulotni ozuqa sifatida ishlatib, chorvachilikni ham rivojlantiramiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda 2018-2019 yillarda Jizzax viloyatida irrigatsiya-melioratsiya Davlat dasturi asosida amalga oshiriladigan ishlar, gidroinshootlar loyihalari yuzasidan axborot berildi. “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Zomin va Zafarobod tumanlarida mikroGESlarni qurish va modernizatsiya qilish investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari ushbu qurilish va modernizatsiya ishlarini sifatli bajarish, buning uchun moliyaviy va tashkiliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Shuning bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashrifi nihoyasiga yetdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Jizzaxda shakar zavodi quriladi