08:56 / 08.04.2018
5 714

Prezident «Toshkent City» inshootlarini foydalanishga topshirish muddatini aytdi

Prezident «Toshkent City» inshootlarini foydalanishga topshirish muddatini aytdi
Foto: O‘zA
Xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 aprel kuni Shayxontohur tumanidagi «Tashkent City» xalqaro biznes markazi qurilishi bilan tanishdi.

O‘zA xabariga ko‘ra, yigirma qavatdan iborat besh yulduzli mehmonxona eng zamonaviy qulayliklarni o‘zida mujassam etadi. Ushbu mehmonxonada ham nufuzli anjumanlar o‘tkazish uchun zallar, restoranlar, salonlar, basseynlar quriladi. Ikkala inshootdan bir-biriga maxsus ko‘prik orqali o‘tish mumkin bo‘ladi.

Prezidentimiz loyihalar bilan tanishar ekan, mazkur inshootlarni eng zamonaviy texnologiyalar va me’morlik andozalari asosida barpo etish kerakligini ta’kidladi.

– «Toshkent Sity» shahar ichidagi yangi shahar bo‘lishi kerak, bu shaharcha katta sur’atlar bilan rivojlanayotgan O‘zbekistonimizning bor salohiyatini o‘zida to‘la namoyon etishi zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qurilishni tezlashtirish, inshootlarni 2019 yil avgust oyida foydalanishga topshirish yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident «Toshkent City» inshootlarini foydalanishga topshirish muddatini aytdi