4 461
Umumiy qiymati 1,5 mlrd so‘mdan ortiq tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari DXX va DChQQ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘shni davlatdan “Andarxon” chegara bojxona posti orqali mamlakatimizga kirib kelayotgan fuqaro B.V. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasini ko‘rikdan o‘tkazishdi.
Natijada ushbu avtomashina yukxonasida qiymati 1 mlrd. 404 mln. so‘mlik 2 xil turdagi xorijda ishlab chiqarilgan jami 184 500 quti “Business Royal” va “Milano”nomli tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Shundan so‘ng olib borilgan qo‘shimcha tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Dang‘ara tumani Katta Ravon ko‘chasida yashovchi fuqaro M.B.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadonda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan qiymati 105 000 000 so‘mlik 15 000 quti “Milano” nomli tamaki mahsulotlari noqonuniy saqlanayotganligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tadbir davomida umumiy qiymati 1 mlrd. 509 mln. so‘mlik jami 199 500 quti xorijda ishlab chiqarilgan, aksiz markalari bo‘lmagan tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"