Prezident bilan muzokaralardan so‘ng, janubiy koreyalik mehmon «Axborot 24» dasturiga bergan intervyusida ba’zi tafsilotlarni ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan O‘zbekistonda tezyurar elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish va ayni yo‘nalishda faoliyat yurituvchi Hyundai Rotem kompaniyasi bilan hamkorlik, bunda biznes doiralarning o‘rni yuzasidan fikrlashdik.
Son Yon Gil, Janubiy Koreyaning Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi
Son Yon Gil, Janubiy Koreyaning Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi
Hyundai Rotem poyezdlaridan MDH mamlakatlari orasida Ukraina faol foydalanadi. Kompaniya metropoliten uchun ham poyezdlar tayyorlaydi — Olmaota metrosida aynan Hyundai Rotem poyezdlaridan foydalaniladi.

Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda Ispaniyaning Talgo kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Afrosiyob» tezyurar poyezdlaridan foydalanilmoqda.

O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, rasmiylar Toshkentdan asosiy turistik manzillar — Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz tomon har bir yo har ikki soatda bir «Afrosiyob» kabi tezyurar poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.
Ayni vaqtda, Toshkent shahrida metropolitenning yangi liniyalarini qurish ishlari faol davom etmoqda.
Manba: Daryo “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar