15:47 / 06.05.2018
4 643

O‘n yil ichida birinchi marta Chirchiq daryosining himoya ostidagi hududi tekshirilmoqda

O‘n yil ichida birinchi marta Chirchiq daryosining himoya ostidagi hududi tekshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Chirchiq daryosining himoya ostidagi hududini tekshirishdan o‘tkazmoqda, deb yozadi «Gazeta.uz» qo‘mita raisi Bahrom Qo‘chqorovga tayanib.

«Juda ko‘p murojaatlar bo‘ldi, shu sababli bu keng ko‘lamli ishni boshladik. Biz Chirchiq va Toshkent misolida daryo va kanallarimiz tozaligini ta’minlash uchun, bizda hozir qanaqa muammolar borligini, ular bilan qanday kurashish kerakligini ko‘rmoqchimiz», — dedi u.

Tekshiruv aprel o‘rtasida boshlangan, uning natijalariga ko‘ra, hukumat uchun aniqlangan kamchiliklar va qonunbuzarliklar ko‘rsatilgan hisobot tayyorlanadi.

«Chirchiq bo‘yicha bunday ishlar ancha ilgari — qariyb o‘n yil avval o‘tkazilgan. Hech narsa o‘rnatish mumkin bo‘lmagan 50 metrli himoya ostidagi hudud ham bor, 300 metrlisi ham bor. Hozir daryo qirg‘oqlarida, himoya ostidagi hudud tashqarisida inventarizatsiya o‘tkazilmoqda», — dedi u.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Toshkent kanallari tizimini qayta tiklash kerakligini e’tirof etdi. Ularning holati haqida gapirar ekan, u kanallar bilan hokimlik huzurida maxsus tashkil qilingan bo‘linma shug‘ullanishini aytdi.

«Bizning vazifamiz — oqibatlarga qarshi kurashish. Qonunbuzarliklar oldini olish kerak. Kanallarning ifloslanishi nafaqat ba’zi korxonalarning oqova suvlari oqib chiqishi tufayli, balki aholi tomonidan tashlanadigan chiqindilar sababli ham sodir bo‘ladi. Kimlardir kanallar bo‘yida imorat quradi. Mahalliy hokimlik qayoqqa qarayapti? Himoyada hokimlik ham, aholi ham turishi kerak», — dedi Bahrom Qo‘chqorov.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘n yil ichida birinchi marta Chirchiq daryosining himoya ostidagi hududi tekshirilmoqda