O‘zbekiston Litvaga Yevropa bozorlariga chiqish uchun qulay tranzit bo‘g‘ini sifatida qaramoqda. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov aytib o‘tdi.
“Eng asosiysi, biz Litvaga har yili o‘zaro savdo aylanmamiz oshib borayotgan Yevropa davlatlariga chiqish maydoni sifatida qaramoqdamiz”, deb aytgan Ikromov Toshkentda Litva ishbilarmon doiralari bilan o‘tgan uchrashuvda.
Ikromovning aytishicha, Klayped porti Boltiq dengizining eng shimoliy muzlamaydigan porti bo‘lib, o‘zbek kompaniyalari uchun eng unumli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. “Logistika munosabatlarimizning eng muhim tashkil etuvchisi hisoblanadi”, deb qo‘shimcha qilgan Ikromov.
Ma’lum qilinishicha, 2017 yilda O‘zbekiston va Litva o‘rtasidagi savdo aylanmasi 20 foizga oshib, 264 mln dollarga yetgan. Tomonlarning aytishicha, ikki davlat savdo, investitsiyalar va transport sohalarida o‘zaro hamkorlikni oshirish uchun katta salohiyatga ega. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin