Foto: «MAK»
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining aviaparki navbatdagi yangi avlod samolyoti — «Boeing-787 Dreamliner» bilan to‘ldirildi, deb xabar berdi MAK axborot xizmati.
Havo laynerini O‘zbekistonga Milliy aviakompaniya ekipaji: MAK uchuv-uslubiy bo‘limi bosh uchuvchi-yo‘riqchisi Iosif Zak, «Boeing-787» uchuvchilar otryadi komandir o‘rinbosari Shahzod Ikromov hamda ikkinchi uchuvchi Olimjon Uzoqov olib kelishdi.
Aviakompaniyaning ushbu rusumdagi uchinchi avialayneri MAK aviaparkida mavjud bo‘lgan avvalgi ikkita «Boeing-787 Dreamliner»dan yo‘lovchi o‘rindiqlarining soni ziyodligi va ekipaj dam olishi uchun alohida bo‘linma tashkil etilganligi bilan farqlanadi.
Ikki klassli komponovkada ishlangan samolyotning keng sahni 270 o‘rindiqqa (biznes klassi — 24, iqtisodiyot klassi — 246) ega. Laynerning qulay va keng o‘rindiqlar, yangicha yoritish va shovqin o‘tkazmaydigan tizimlar, pol qoplamalari hamda alohida har bir yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan individual ko‘ngilochar dasturli monitorlar bilan jihozlanganligi «O‘zbekiston havo yo‘llari» yo‘lovchilariga parvozlarini yuqori darajadagi qulaylikda, maroqli o‘tkazishlariga imkon yaratadi.
Istiqboldagi rejalarga ko‘ra, milliy aviakompaniya parki 2020 yilga qadar ushbu rusumdagi oltita samolyotga ega bo‘ladi.
Yangi «Dreamliner» aviakompaniyaning parvozlar jadvaliga kiritilgan bo‘lib, uzoq masofalardagi qatnovlarda ekspluatatsiya qilinishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi