22:22 / 28.05.2018
4 226

Shavkat Mirziyoyevning hududlarga tashrifi hukumat a’zolariga qanday ta’sir qilmoqda?

Shavkat Mirziyoyevning hududlarga tashrifi hukumat a’zolariga qanday ta’sir qilmoqda?
Shavkat Mirziyoyevning mamlakat viloyatlariga tez-tez safar qilishi hukumat a’zolarini «ma’lum bir taranglikda» ushlab turibdi. Bu haqda O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri Botir Xo‘jayev ma’lum qildi. Bu haqda «Kun» nashri ma’lum qilgan.

«Yaxshi bilasizlarki, prezident ikki haftada bir marta u yoki bu viloyatga tashrif buyurmoqda. Hukumat a’zolarining u yerdagi ishtiroki - O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda rivojlantirish strategiyasini har kuni amalga oshirish bilan shug‘ullanishga imkon beradigan vosita, bularning hammasi qog‘ozda bo‘lishi kerak emas.

Afsuski, «ko‘p narsalar amalga oshirilmay, qog‘ozda qolib ketgani bilan bog‘liq» davr bo‘ldi. Prezident Mirziyoyevning bunday safarlari, o‘zgarishlarning ko‘pligi va tezkorligi barchamizni ma’lum bir taranglikda ushlab turibdi», - dedi Botir Xo‘jayev..

Botir Xo‘jayev mamlakatni rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilishiga umid bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyevning hududlarga tashrifi hukumat a’zolariga qanday ta’sir qilmoqda?