O‘zbekistonda Iyd al-Fitr — Ramazon hayiti bayrami uch kun nishonlanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi PF–5290-sonli farmonida o‘z ifodasini topgan.
«Xalqimizning saxovat, mehr-muruvvat va marhamatlilik, birdamlik kabi oliyhimmat sifatlari, shuningdek milliy-diniy qadriyatlarni saqlash va ulug‘lash maqsadida 2018 yildan boshlab Qurbon hayit va Ramazon hayiti kabi muqaddas bayramlarini nishonlash uchun bayram kunlariga yaqin ish kunlariga alohida dam olish kunlarini ko‘chirish yo‘li hisobiga ketma-ket uch dam olish kuni joriy etiladi», — deyiladi prezident farmoniga sharhda.
Farmonga ko‘ra, Qurbon hayitida ham uch kunlik dam olish kuni e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni oy ko‘rinishiga qarab belgilanadi. U Ramazon oyining 29 yo 30 kun bo‘lishidan kelib chiqib, iyun oyining 15- (juma) yo 16-sanasi (shanba)ga to‘g‘ri kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi