16:28 / 15.06.2018
4 371

O‘zbekistonda yangi konsepsiya ishlab chiqildi

O‘zbekistonda yangi konsepsiya ishlab chiqildi
Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasining Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi;

Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlanishi mumkin.

Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

"Ta’lim to‘g‘risida" va "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimida ekologik ta’limni rivojlantirishning asosiy prinsiplarini (tamoyillarini) belgilash, ularni izchillik bilan bosqichma-bosqich ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq qilish va buning asosida ekologik ta’limning samaradorligini yangi bosqichiga olib chiqish;

ta’lim dasturlarini mavjud ekologik muammolar va ularni bartaraf etish, maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga doir faoliyatdan kelib chiqib, takomillashtirish;

ta’lim oluvchilarning e’tiborini umumbashariy ekologik muammolarga qaratish orqali ona tabiatning qayta tiklanmas manbalarini saqlab qolishga bo‘lgan mas’uliyatini kuchaytirish;

ta’lim oluvchilarga ekologik ta’lim va tarbiya berishning va bu boradagi ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;

yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ekologik ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;

ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari va ta’lim sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish.

Belgilanishicha, quyidagilar Yo‘l xaritasi tadbirlarini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining byudjetdan tashqari mablag‘lari;

jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari;

xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor-mamlakatlarning kreditlari va grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

O‘zbekiston Respublikasining ekologik ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasiga ko‘ra, o‘sib kelayotgan yosh avlodda ekologik bilim, ong, madaniyat va tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish hamda ekologik ta’lim-tarbiya jarayonini tizimli va samarali tashkil etish, ekologiya sohasidagi ilm-fanni jahonning ilg‘or innovatsion texnologiyalarini jalb etgan holda yanada takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasining ekologik ta’lim konsepsiyasining asosiy maqsadidir.

Ushbu maqsadga erishish, uni amalda namoyon etish uchun quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish talab etiladi:

"Ta’lim to‘g‘risida" va "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimida ekologik ta’limni rivojlantirishning asosiy prinsiplarini (tamoyillarini) belgilash, ularni izchillik bilan bosqichma-bosqich ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq qilish va buning asosida ekologik ta’limning samaradorligini yangi bosqichiga olib chiqish;

aholini ekologik jihatdan tarbiyalash va unga ekologik ta’lim berish, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish, noshirlik faoliyatini, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazishni, reklama va shu kabilarni tashkil etish;

ta’lim dasturlarini mavjud ekologik muammolar va ularni bartaraf etish, maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga doir faoliyatdan kelib chiqib, takomillashtirish;

ta’lim oluvchilarning e’tiborini umumbashariy ekologik muammolarga qaratish orqali ona tabiatning qayta tiklanmas manbalarini saqlab qolishga bo‘lgan mas’uliyatini kuchaytirish;

ta’lim oluvchilarga ekologik ta’lim va tarbiya berishning va bu boradagi ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;

yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ekologik ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;

ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari va ta’lim sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish.

Konsepsiya ekologik ta’lim va tarbiyaning yagona tizimda turuvchi ajralmas vositalar majmuasi bo‘lib, uning yordamida ta’lim oluvchilarda quyidagi:

koinotdagi yagona hayot mavjud bo‘lgan yer sayyorasi haqidagi tasavvurlar;

o‘z yashash muhiti to‘g‘risidagi bilimlar;

atrofdagi olam, tabiat va insonlarni o‘zaro uzviy bog‘langanlik haqidagi ilmiy-nazariy dunyoqarashlar;

o‘z o‘lkasi va vatanining ekologik tizimlari, ularning paydo bo‘lishi, evolyutsion rivojlanishi, antropogen o‘zgarishi, makon va maydon bo‘yicha tarqalish qonuniyatlari;
ushbu qonuniyatlardan kelib chiqadigan ekologik xususiyatlar;

mamlakatimiz tabiiy boyliklari, ularning holati, kelajak istiqbollari;

milliy, mintaqaviy va global miqyosdagi tabiat va jamiyat munosabatlari;

tabiatni asrab-avaylash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, ona zaminning boyliklaridan oqilona foydalanish haqidagi bilimlarni shakllantiradi.

O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’lim quyidagi muassasalar orqali joriy etiladi:

davlat standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari;

ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar;

ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar.

O‘zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimida ekologik ta’lim quyidagi ta’lim turlariga muvofiq holda amalga oshiriladi:

maktabgacha ta’lim;

umumiy o‘rta ta’lim;

oliy va o‘rta maxsus hamda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

Konsepsiya, Vazirlar Mahkamasi, ekologik ta’lim, qaror loyihasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)