
“Mehnatkash dehqon” ko‘krak nishoni bilan ekin maydonlari unumdorligini oshirish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirayotgan dehqon xo‘jaliklari rahbarlari, a’zolari , mirishkor dehqonlar va boshqa qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari taqdirlanadilar. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar tarqatdi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman kengashi hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan shakllantiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar