15 iyuldan eng kam kam ish haqining oshishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zbekiston iqtisod vazirining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev «Gazeta.uz» nashriga. Uning ta’kidlashicha, mazkur o‘sish 7 foizni tashkil etadi.
Mubin Mirzayev 2017 yilning dekabr oyida mamlakatda endilikda har olti oyda oylik maoshning inflyatsiya natijasida yo‘qotilgan qismi konpensatsiya sifatida qaytarilishi, shu bilan oylik maoshning o‘sishi inflyatsiya darajasidan past bo‘lmasligini aytgandi.
Dushanba kuni o‘tkazilgan xalqaro press-klub yig‘ilishida bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov birinchi yarimyillikda inflyatsiya 6,2 foiz bo‘lganini ma’lum qildi.
“Birinchi marta prognozlar darajasiga chiqildi va Xalqaro valyuta fondi bu raqamlarni shubha ostiga olmaydi. Bunga qadar esa XVF bizning ko‘rsatkichlarimizni hech qachon qabul qilmagan”, — deya tan oldi moliya vaziri.
Shundan kelib chiqqan holda, EKIHning kutilayotgan indeksatsiyasi yarimyillikdagi inflyatsiya darajasidan yuqori bo‘ladi.
Yil oxiriga borib, eng kam maosh ikkinchi yarimyillikdagi inflyatsiya darajasidan kelib chiqib yana bir bor indeksatsiya qilinadi. “Bu byudjetga kiritilgan”, — deya ta’kidladi Mubin Mirzayev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi