date
views 10 322

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ishga taklif etmoqda

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ishga taklif etmoqda
Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi madaniyat va turizm bo‘limi mahalliy-kotib sekretar lavozimiga tanlov asosida ishga taklif etmoqda.

Qayd etilishicha, nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

1. Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
2. Turk, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi; (yozma va og‘zaki ravishda erkin muloqot qilishi)
3. Microsoft ofis dasturini bilishi;
4. Haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi.

Yuqorida keltirilgan talablarga mos keladigan nomzodlar o‘zlari haqidagi ma’lumotnoma (rezyume) bilan haftaning ish kunlari Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Yahyo G‘ulomov ko‘chasi, 87-uyda joylashgan Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi madaniyat va turizm bo‘limiga shaxsan murojaat qilishlari mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ishga taklif etmoqda