6 595
Prezident qarori: Huquqni muhofaza qiluvchi tuzilma xodimlarining kiyimi va atributkalari o'zgaradi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, IIV tashkiliy inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmasi, yuridik ta`minlash boshqarmasi, jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi negizida IIVning Tashkiliy departamenti tashkil etiladi.
Yangi departamentning vazifalaridan biri ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholash, ularni kompleks tekshirish va nazorat qilish, amaliy-uslubiy yordam ko'rsatish, shu jamladan, ish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.
Tuman (shahar, tarmoq saf) ichki ishlar organlari boshliqlarining kadrlar bo'yicha o'rinbosarlari lavozimi tegishlicha tuman (shahar, tarmoq, saf) ichki ishlar organi boshliqlarining tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosariga o'zgartirilmoqda.
Qaror bilan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi malaka oshirish fakulteti, akademik litseylar bilan ishlash bo'limi, modellashtirish va simulyatsiya markazi hamda pedagogik kadrlar tayyorlash kursi negizida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti tashkil etilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining «Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni mustahkamlagani uchun» idoraviy ko'krak nishoni ta`sis etish haqidagi taklifi ma`qullanmoqda. Mazkur nishon bilan xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga hissa qo'shgan ichki ishlar organlari xodimlari, shu jumladan, xorijiy politsiya tuzilmalari va harbiy xizmatchilari mukofotlanadi.
Ichki ishlar vazirligiga bir oy muddat ichida Bosh prokuratura va Moliya vazirligi bilan birgalikda xalqaro standartlarni hamda fuqarolar ongida ichki ishlar organlari to'g'risida ijobiy tasavvurni shakllantirish zaruratini hisobga olgan holda huquqni muhofaza qiluvchi tuzilma xodimlarining mutlaqo yangi maxsus kiyim-boshi, atributkasi va farqlovchi belgilarini joriy etish to'g'risida taklif kiritish vazifasi yuklanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi