Jizzaxda boʻlib oʻtgan Xalqaro sarmoyaviy forumda viloyatning turistik potensialini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.
Xususan, Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlarining ekoturistik salohiyati toʻlaligicha namoyish etildi. Xorijiy mehmonlar Sher buloq va Bobo-yongʻoq kabi mahalliy diqqatga sazovor joylarni tomosha qilishdi.
Shuningdek, mahalliy hokimiyat va Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan tayyorlangan loyihalar ham namoyish etildi. Taqdim etilgan loyihalar hududda turizmni uch asosiy yoʻnalishda rivojlantirishni nazarda tutgan: ekologik turizm, agroturizm va etnik turizm.
Baxmal va Zomin tumanlari hududlarida ushbu loyihalarni amalga oshirishda kerak boʻladigan infratuzilmalarni barpo etish uchun yer maydonlari ajratishga qaror qilindi.
Masalan, 2 ming gektar yer maydoni ekoturizmni rivojlantirish uchun ajratiladi. Loyiha doirasida ushbu hududda ekologik soʻqmoqlar tashkil qilish, ot, eshak va kvadrotsiklda sayr qilish, funikulerlar qurish, togʻ changʻisi majmuasi, restoran hamda axborot markazi, muzey va mahalliy hunarmandchilik mahsulotlari sotish doʻkonlari barpo etish rejalashtirilgan.
5 ming gektar yer agroturizm uchun ajratiladi. Ushbu maydonda dam olish uylari, sport majmualari, kamyob hayvonot va oʻsimlik turlarini saqlash uchun pitomniklar quriladi. Shuningdek, molxonalar hamda asal yetishtirish xoʻjaliklari tashkil etiladi. Bu yerda sayyohlar tuyalarda sayr qilish, koʻpkari oʻyinini tomosha qilish, meva terish, oʻt oʻrish kabi qishloq xoʻjalik ishlarida ishtirok etishlari mumkin boʻladi.
Etno turistik hududni rivojlantirish uchun zamonaviy mehmonxonalar, bolalar dam olish maskanlari, kempinglar, havo sharlarida uchish markazlari quriladi. Ushbu yoʻnalishda kelgan sayyohlar qishloq joylarni, tarxiy va madaniy yodgorliklarni, tabiat yodgorliklarini, arxeologik obyektlarni, milliy urf-odatlarni tomosha qilish imkoniga ega boʻlishadi. Shuningdek, sayyohlar milliy hunarmandchilik va milliy taomlar sirlarini oʻrganish imkoniga ega boʻladilar.
Jizzax viloyatining turistik salohiyatini rivojlantirish mahalliy, hududiy va xalqaro turizmni rivojlantirishga qaratilgan.
“Bu Oʻrta Osiyoda AQSHning “Yellouston” va “Grand-Kanon” milliy parklari namunasida qurilgan yagona loyiha boʻladi”, - dedi Ulugʻbek Qosimxoʻjayev, Davlat Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.
“Yellouston” milliy bogʻiga yiliga 20 million sayyoh tashrif buyuradi. Zominga boʻlsa bugungi kunda 50-100 ming kishi tashrif buyuradi. Shuning uchun ham biz Jizzax viloyati hokimiyati bilan Baxmal va Zomin tumanlari turistik klasterini rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqdik – deb soʻzini davom ettirdi Turizm qoʻzmitasi vakili.
Ushbu loyihalardan asosiy 2ta maqsad koʻzlangan: hudud ekoturistik holatini kerakli darajada saqlab qolish hamda va aholini barqaror daromad bilan taʼminlashdir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi