Yurtimizda oʻtgan sakkiz oyda 3,4 million xorijlik mehmon (oʻsish 126 foiz) keldi. Bu haqda Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov maʼlum qildi, deb yozmoqda Xalq soʻzi.
Vaholanki, 2017 yilning shu davrida esa bu koʻrsatkich 1,5 mln. kishi edi. A. Abduhakimovning aytishicha, ayni chogʻda Oʻzbekistonga keladigan xorijlik sayyohlar soni yil oxiriga qadar ilgari kutilganidek 3,3 mln. emas, balki 4,8 mln. kishiga yetishi prognoz qilinyapti. Turistik xizmatlar eksporti esa 8 oy ichida 666,9 mln. AQSH dollarini tashkil etdi va bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan (327,3 mln. dollar) ikki barobar koʻpdir.
Mamlakatimizda turistik oqimni koʻpaytirish uchun elektron viza berish tizimi takomillashtirilyapti. Ikki martalik va koʻp martalik vizalar, shuningdek, qoʻshni davlatlar bilan kombinatsiyalashtirilgan viza berish tizimi shular jumlasidandir.
Bosh vazir oʻrinbosari soʻzlariga koʻra, avtobus yoʻnalishlari va temir yoʻl reyslarini yoʻlga qoʻyish, viloyat markazlaridagi aeroportlar, temir yoʻl va avtovokzallarni bogʻlovchi yangi yoʻnalishlar ochish orqali qoʻshni davlatlar bilan transport qatnovlarini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilyapti.
Uning aytishicha, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi maslahatchisi S.Badak bilan birgalikda Oʻzbekistonda 2025 yilgacha turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini shakllantirish boshlandi. Unda maqsadli parametrlarga erishish boʻyicha “yoʻl xaritalari” har yili tasdiqlanib borilishi nazarda tutilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi