
27-28 sentyabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga boradi. Bu haqda Prezidentning Matbuot kotibi Komil Allamjonov xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, tashrifning birinchi kuni qator ikki tomonlama tadbirlar jadvali asosida oʻtkaziladi. Tashrifdan asosiy maqsad, 28 sentyabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbe shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etishidir.
Shuningdek, ushbu safar davomida tor va keng doiralarda muzokaralar oʻtkazilishi, qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
MDH davlat rahbarlari sammitda ishtirok etish doirasida tojikistonlik metallurglar shahri - Tursunzodaga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Tojik mahalliy nashrlari tarqatgan xabarga koʻra, Oʻzbekiston rahbari “Tojikiston alyuminiy kompaniyasi”ning faoliyati bilan tanishadi. Mirziyoyev bilan birgalikda zavodga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ham tashrif buyuradi. Prezidentlar respublikada tokchi sohibkor dehqonlar sifatida mashhur boʻlgan Kamol Hoji Madumarov va Neʼmat Hoji Usmonovlarning dehqon xoʻjaliklariga tashrif buyurishadi.
Shu bilan birga, prezidentning tashrifi arafasida Dushanbe-Tursunzoda avtomobil yoʻli boʻyida joylashgan barcha uylarning tashqi qismi taʼmirlanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar