
Bugun, 16 oktyabr kuni Toshkent shahrida yogʻayotgan yomgʻir qorga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlarda birinchi qor foto va videolari joylashtirilmoqda.
Shuningdek, bugun respublikaning togʻli hududlari qor bilan qoplangani tasvirlangan suratlar ham tarqaldi.
Eslatib oʻtamiz, 16-17 oktyabrda Oʻzbekiston boʻylab yogʻingarchiliklar kuzatilishi, baʼzi joylarda yomgʻir qorga aylanishi haqida xabar qilingandi. Havo harorati kechasi -2...+3, togʻli hududlarda -10 darajagacha pasayadi. Kunduzi oʻrtacha +5...+8, togʻli hududlarda -5 darajagacha pasayadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar