
Rossiyadagi sabzavot yetishtirish bo‘yicha eng yirik “Eko-kultura” kompaniyasi O‘zbekistonda pomidorchilikni rivojlantirish uchun 550 mln. dollar sarmoya kiritadi. Bu haqda kompaniya prezidenti Aleksandr Rudakov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2019 yilda Surxondaryo viloyatida ana shunday agrokompleks o‘z faoliyatini boshlaydi. Issiqxona maydoni 314 gektar bo‘ladi va unga 472 mln. dollar sarflanadi. Shu bo‘yicha yerning bir qismi sotib olindi, bir qismi ijaraga olindi. Rossiya va O‘zbekiston banklari o‘rtasidagi loyihani tasdiqlash bo‘yicha muzokaralar ketmoqda. Qolaversa, kompaniya yana 92 mln. dollarni gilos, o‘rik, olxo‘ri va shaftoli yetishtiriladigan 1000 gektarlik bog‘ barpo etishga ajratadi.
“Eko-kultura” tomonidan, shuningdek, omborxona, quritish va chuqur muzlatish zavodlari quriladi.
“Eko-kultura” xorijda mazkur yo‘nalishda loyiha amalga oshirayotgan Rossiyaning birinchi kompaniyasidir.
Mahsulotlarning 40 foizi Rossiyaga, 60 foizi Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Yaqin Sharq va Yevropa mintaqalariga eksport qilinadi. Rudakovning aytishicha, aynan shu hududlar ekologik toza sabzavotlar uchun yirik bozorlardir.
Ma’lumot uchun, Rossiyada 1 gektar issiqxona 3,5-4 mln. dollarga tushadi. O‘zbekistonda esa buning uchun ana shu mablag‘ning uchdan bir qismini sarflash kifoya. Shunga yarasha mahsulot tannarxi ham 10 foiz arzon bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar