
Prezident Shavkat Mirziyoyev hukumatga byudjetdan to‘lanadigan oylik, pensiya va nafaqalarni inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirish siyosatini davom ettirish haqida topshiriq berdi.
“Kelgusi yil ham byudjetdan to‘lanadigan oylik, pensiya va nafaqalarni inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirish siyosatini davom ettirishimiz kerak. Bunda oylik maoshining o‘sishi nisbatan past bo‘lgan ijtimoiy soha xodimlariga asosiy e’tibor qaratish, jumladan, tibbiyot xodimlarining oyligini 26,5 foizga, oliy ta’lim va fan muassasalari xodimlari ish haqini 1,5 barobarga oshirish zarur”, – dedi davlat rahbari.
2019 yilgi byudjetning xarajatlar qismi muhokama qilinar ekan, prezident uni asosan ijtimoiy va iqtisodiy sohalarga yo‘naltirish zarurligini ta’kidladi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, ijtimoiy nafaqalar uchun mablag‘lar hajmini 20 foizga ko‘paytirish, umuman, oylik va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning davlat byudjeti xarajatidagi ulushini 49 foizdan 54 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.
2019 yilgi Byudjetnomani, shuningdek, soliq siyosatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha tegishli qonun loyihasini puxta ishlab chiqib, yaqin vaqt ichida Oliy Majlisga taqdim etish vazifasi qo‘yildi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashning soddalashtirilgan mexanizmini joriy etish, mavjud imtiyozlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, optimizatsiya qilish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.
Qabul qilingan davlat dasturlarini amalga oshirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Buning uchun imtiyozli shartlarda xorijiy mablag‘larni jalb etish, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida ta’mirlanadigan ob’ektlarni aniq shakllantirib, 2019 yilgi Investitsiya dasturiga kiritish zarurligi qayd etildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar