Bugun Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlarida noqonuniy ravishda qimmatbaho metallarni qazib olish tizimli tus olgan bo‘lib, ularning yashirincha aylanishi va chet ellarga olib chiqib ketilish holatlari ham kuzatilmoqda, deb yozadi «Xalq so‘zi online» Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markaziga asosan.
Masalan, 2015 yildan 2018 yilning o‘tgan 10 oyi davomida oltin va boshqa qazilma boyliklarni noqonuniy qazib olish bo‘yicha 547 nafar kishiga nisbatan 214 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Noqonuniylik natijasida yiliga o‘rtacha 1 tonnaga yaqin oltin qazib olinyapti. Ayni mavsum pallada 10 ming odam shu ish bilan shug‘ullanmoqda. Bu esa davlatning iqtisodiyotiga jiddiy ziyon yetkazmoqda, — deydi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Hayitboy Omonov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilingandi.
Qaror bilan 2019 yilning 1 martidan boshlab qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida amalga oshirishga ruxsat beriladigan bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?