3 733
Alisher Usmonov: «Rossiyada ham, O‘zbekistonda ham biznes bilan shug‘ullanishni istamayman»
Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Rossiyaning Forbes nashriga bergan intervyusida O‘zbekistondagi biznes va imkoniyatlar haqida gapirdi.
«Men Rossiyada ham, O‘zbekistonda ham biznes bilan shug‘ullanishni istamayman. Bugungi kunda 80 foiz vaqtim Xalqaro qilichbozlik federatsiyasini boshqarishga ketmoqda, 9 dekabr kuni biz 105 yoshga kiramiz hamda Parijda - federatsiya tashkil etilgan shaharda yubiley munosabati bilan tadbir o‘tkaziladi.
Biz barcha hayot bo‘lgan olimpiya chempionlarini, barcha jahon chempionlarini, barcha federatsiyalarni va jahon sporti rahbariyatini taklif qilamiz. Bunday tadbirni o‘tkazish uchun juda ko‘p ishlar talab etiladi».
Forbes: O‘zbekistonda hozir juda katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda - siyosatshunoslardan biri Shavkat Mirziyoyevni «o‘zbek Gorbachevi», deb atadi. U yerda, 1990-yillarda Rossiyada bo‘lgani kabi, xususiylashtirish boshlandimi?
«Albatta, yo‘q. U Gorbachyov emas. Gorbachyovdan farqli o‘laroq, u o‘z rejalarida aniq. U haqiqiy vatanparvar va O‘zbekiston davlati haqida qayg‘uradi».
Forbes: Uni kim bilan solishtirgan bo‘lar edingiz?
«Hech kim bilan. U o‘ziga xos. Ehtimol, bu iqtisodda taraqqiyotni xohlaydigan, sharqdagi rahbarning yangicha ko‘rinishi. Men bunga ishonaman».
Forbes: YouTube’da jiyaningiz Sarvarning to‘yidan videolar bor. Siz mehmonlar orasidagi yoshlarga taxminan shunday degansiz: oldingizda barcha yo‘llar ochiq, prezident sizga yordam beradi, faqat oling va qiling. Agar bizda Fattoh [Shodiyev] va Iskandar [Mahmudov] bilan bir vaqtlar bunday imkoniyat bo‘lganida, biz dunyoni tubdan o‘zgartirgan bo‘lardik.
«Ha, gapirganman. Hozir haqiqatdan ham biznes uchun barcha imkoniyatlar mavjud. O‘zbekiston xalqi dono, o‘ylashimcha, u bu imkoniyatlardan foydalanadi. Men esa qo‘limdan kelganicha yordam beraman». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi