
"2018 yilning 1 yanvaridan 1 oktyabrigacha O‘zbekistondan 2 593 700 kishi chetga ishlagani ketgan", dedi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev.

Yanvar-sentyabr oylarida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari yo‘l olgan davlatlar orasida Rossiya 78,8 foiz ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (12,7 foiz), Turkiya (2,8 foiz), Janubiy Koreya (2,6 foiz) va boshqa davlatlar (3,1 foiz) turibdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, chet elga ishlagani ketgan migrantlar ko‘rsatkichi bo‘yicha Samarqand, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari yetakchilik qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar