
Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvi o‘tkaziladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoyishi loyihasi tayyorlanadi. Loyihada 2019 yilda Toshkent shahrida mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.
Tadbirlarda:
- Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash sohasida samarali mintaqaviy hamkorlikning yangi rezervlarini va uni kengaytirishning ta’sirchan mexanizmlarini topish;
- savdo-iqtisodiy, innovatsion, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, bank-moliya, suv-energetika va madaniy-gumanitar sohalarida aniq dasturlarni ishlab chiqish;
- xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan keng fikr almashish, ular bo‘yicha umumiy qarashni kelishib olish va uni xalqaro tashkilotlar doirasida ilgari surish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 12 aprel, ijro uchun mas’ullar - TIV, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar