09:49 / 18.01.2019
4 843

Prezident 2019 yilgi Davlat dasturini tasdiqladi

Prezident 2019 yilgi Davlat dasturini tasdiqladi
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan umumiy qiymati 16,9 trillion soʻm va 8,1 milliard AQSH dollariga teng loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturi tasdiqlandi:

- davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida – parlament faoliyatini kuchaytirish, ijro etuvchi hokimiyat tizimini optimallashtirish, maʼmuriy islohotlarni davom ettirish, davlat boshqaruvida zamonaviy menejment uslublarini keng qoʻllash, yagona kadrlar siyosatini shakllantirish, hokimliklarning mustaqilligini oshirish;

- qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida – sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligiga erishish, aholi tinchligi, xavfsizligini va qonuniylikni taʼminlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrish, jinoyat qonunchiligini liberallashtirish;

- iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida – makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, sogʻlom raqobat uchun zarur sharoitlarni yaratish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini jiddiy ravishda kamaytirish, yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish, “xufyona” iqtisodiyotga qarshi kurashish va uning ulushini keskin qisqartirish, valyuta siyosatini erkinlashtirishni davom ettirish;

- ijtimoiy rivojlanish sohasida – aholi oʻrtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlarning daromadlarini oshirish, fan va uzluksiz taʼlimni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va ular bilan aholini qamrab olishni kengaytirish, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ularni munosib turar joy bilan taʼminlash va farovonligini oshirish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, turizmni rivojlantirish;

- xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, shuningdek, tashqi siyosat sohasida – mudofaa qudratini oshirish, Qurolli Kuchlar salohiyatini mustahkamlash, milliy mudofaa sanoati kompleksini shakllantirish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ochiqlik, oʻzaro teng va manfaatli hamkorlik tamoyillariga asoslangan tashqi siyosiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident 2019 yilgi Davlat dasturini tasdiqladi