1 martdan O‘zbekistonda "investitsiya vizasi" joriy etiladi

1 martdan O‘zbekistonda "investitsiya vizasi" joriy etiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, 2019 yil 1 martdan boshlab:
- xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta’sischilari (ishtirokchilari) va ularning oila a’zolari uchun muddatini mamlakatdan chiqmasdan uzaytirish imkoniyati bo‘lgan, amal qilish muddati uch yilni tashkil qiladigan “investitsiya vizasi” joriy etiladi;

- O‘zbekistonda korxonalar tashkil qilish uchun 3 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda investitsiya kiritgan xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi 10 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi;

- O‘zbekistonda yashash guvohnomasi yoki “investitsiya vizasi”ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar