O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2019 yil 1 yanvar holatiga 33254,1 ming kishini tashkil etib, 2018 yilda 597,4 ming kishiga yoki 1,8%ga o‘sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Jumladan, shahar aholisi soni 16805,0 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5%), qishloq aholisi soni 16449,1 ming kishini (49,5%) tashkil etgan.
2018 yil yanvar-dekabr oylarida aholi soni 597,4 ming kishiga ko‘paydi. Tirik tug‘ilganlar soni 768,3 ming nafarni tashkil etdi, 154,7 mingta vafot etganlar qayd etildi. FHDYo bo‘limlarida 311,4 mingta nikoh va 32,3 mingta ajralishlar ro‘yxatga olingan.
Aholi zichligi bo‘yicha tahlillar shuni ko‘rsatganki, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 1 kv.km.ga 74,1 kishi, aholining eng zich joylashuvi Andijon (1 kv.km.ga 713,2 kishi), Farg‘ona (544,8 kishi), Namangan (370,0 kishi) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, aksincha holat Navoiy viloyati (8,8 kishi) va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (11,2 kishi) to‘g‘ri kelmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvar holatiga respublika doimiy aholi sonining 30,3%i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59,5%i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,2%i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi