23:58 / 20.01.2019
4 431

Shavkat Mirziyoyev Berlinga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Berlinga yetib bordi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Germaniya poytaxti Berlin shahriga yetib bordi.
Tegel xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarini Germaniya rasmiy shaxslari kutib oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 21 yanvarga mo‘ljallangan. Shavkat Mirziyoyev Berlinda Federal prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar, fan-ta’lim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollashtirish kabi masalalarni muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

22 yanvar kuni Myunxen shahrida Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder hamda Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Berlinga yetib bordi