AQSh va O‘zbekiston mehnat sohasida hamkorlik memorandumini imzolashi mumkin, deb xabar qildi Mehnat vazirligi matbuot-xizmati.
Ta’kidlanishicha, ikki davlat o‘rtasida imzolanadigan memorandumning asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston mehnat bozorida ilmiy va demografik tadqiqotlarni olib borish, turli kasblarga qisqa muddatda o‘qitishni tashkil etishda hamkorlik qilish hamda ikki davlat mehnat organlari xodimlari uchun tematikaga oid treninglar va kurslar o‘tkazishdan iborat bo‘ladi.
Shuningdek, tomonlar yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi va malaka oshirish milliy tizimini joriy etishda ham hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.
Hamkorlikning yuqorida aytib o‘tilgan yo‘nalishlari hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilishi uchun AQSh mehnat departamentidan doimiy asosda faoliyat yurituvchi maslahatchi jalb etilishi rejalashtirilmoqda.
Amerika tomoni rejalashtirilayotgan hamkorlik yo‘nalishlariga yuqori baho berib, ularni hayotga tatbiq etishda yordam berishga to‘liq tayyorligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin