15:28 / 14.02.2019
4 891

“Wanderlust”: “O‘zbekiston – turizm sohasida eng tez rivojlanayotgan mamlakat”

“Wanderlust”: “O‘zbekiston – turizm sohasida eng tez rivojlanayotgan mamlakat”
Londondagi “Olympia” nomli eng yirik ko‘rgazma markazlaridan birida Buyuk Britaniyaning “Wanderlust” nashri tomonidan “Wanderlust World Guide Awards” mukofotini tantanali topshirish marosimi tashkil etildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashri xabar berdi.
Ma’lumot uchun, turizm industriyasidagi hodisalarni yoritishga ixtisoslashtirilgan mazkur jurnal jahon sayyohlari ichida juda nufuzli sanaladi.

Nashr tanlov g‘oliblarini o‘quvchilari o‘rtasida sahifalari orqali “Tashrif buyurish uchun eng mashhur mamlakat”, “Turizm yo‘nalishida eng tez rivojlanayotgan mamlakat”, “Turistlar uchun dunyodagi eng mashhur shahar”, “Eng yaxshi aviakompaniya”, “Eng yaxshi turoperator” kabi nominatsiyalar bo‘yicha so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan aniqladi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston “Turizm yo‘nalishida eng tez rivojlanayotgan mamlakat” deb topildi. Nufuzli mukofotni O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi A.Shayxov qabul qilib oldi.

Davlatimiz diplomatik missiyasi rahbari o‘z chiqishida tadbir ishtirokchilari, jurnal tahririyati va o‘quvchilariga O‘zbekistonga alohida qiziqish bildirishgani, shuningdek, mana shunday yuksak e’tirof uchun minnatdorlik bildirdi.

Tadbir ishtirokchilari ovoz berish chog‘ida Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarining boy madaniy merosi, qolaversa, davlat rahbariyati tomonidan mamlakatda turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar sharofati bilan O‘zbekiston bu borada o‘tgan yilgi g‘olib Eronni ortda qoldirib ketishga erishganini ta’kidladilar.

Jurnal mutaxassislari Buyuk Britaniya fuqarolari uchun vizaning bekor qilingani va mashhur britan tele-sayyohi Joanna Lamlining Buyuk ipak yo‘li haqidagi hujjatli filmi katta muvaffaqiyat qozongani tufayli kelgusi yili O‘zbekiston tashrif buyurish uchun eng mashhur mamlakat nominatsiyasiga ham da’vogarlik qilishiga shubha bildirishmayapti.

Joriy yilda tanlov g‘oliblari orasidan, shuningdek, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Singapur, Buyuk Britaniya, BAA, Ispaniya, Eron, Laos va Namibiya joy oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Wanderlust”: “O‘zbekiston – turizm sohasida eng tez rivojlanayotgan mamlakat”