7 018
Deputat: Qozog‘iston va O‘zbekiston Qirg‘iziston tomonidan beriladigan suv bo‘yicha bahslashmoqda
Qirg‘izistonlik deputat Umbetali Kidiraliyevning bugun, 22 fevral kuni, «Respublika–Ata-Jurt» fraksiyasi yig‘ilishida xabar berishicha, Qirg‘iziston tomonidan beriladigan suv bo‘yicha Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida bahs bor.
«Mamlakatlarimiz o‘rtasida suv berish borasida aniq kelishuv mavjud, biroq bu mamlakatlarning fikricha, biz kimgadir boshqasiga qaraganda ko‘proq suv beryapmiz. Biroq, bu borada davlatlarga beriladigan suv bo‘yicha aniq miqdorlar mavjud», - deydi deputat.
Parlamentariyning xabar qilishicha, mamlakatda o‘zboshimchalik bilan suv chiqarib yuborish holatlari ham kuzatilyapti.
«Biz ushbu masalalarni hal qilishimiz kerak, sababi asosiy resurslarimizni sarflayapmiz», - deya hisoblaydi U.Kidiraliyev.
Foto: kenesh.kg/Umbetali Kidiraliyev
Deputat Sagindik Keldibayev Qozog‘iston tomonida suv omborlaridan suv chiqarish bo‘yicha nima sababdan savollar yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligi bilan qiziqdi. Qayd etilishicha, bu mahalliy mahsulotlar olib kirilishiga taqiq qo‘yilishiga sabab bo‘lgan.
Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vaziri Nurbek Murashovning xabar berishicha, suv sektorida suvning yetishmasligi ham kuzatiladi.
«Suv tanqisligi 5 yilgacha cho‘zilishi mumkin, buning natijasida suv omborlaridagi suv miqdori sezilarli darajada kamayadi», - dedi vazir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi