23:35 / 26.02.2019
10 828

O‘zbekistonda yangi bayram paydo bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda yangi bayram paydo bo‘lishi mumkin
O‘zbekistonda yangi bayram – “Ota-onalar” kuni joriy etilishi mumkin. Bu haqda Mening Fikrim portalida petitsiya joylashtirildi.
Murojaat muallifining fikriga ko‘ra, o‘zbek xalqida ota-onaga hurmatda bo‘lish eng yuksak qadriyatlardan biridir. Shu sababdan ota-onalarga hurmat ruhini yoshlar ongiga chuqur singdirish zarur.

Ota-onalarga hurmat va e’zoz yuzasidan dunyoning ko‘plab davlatlarida “Ota-onalar kuni” keng nishonlanadi. Masalan, BMTda ota-onalar kuni 1 iyun, AQShda – iyul oyining so‘ngi yakshanbasi, Koreyada 8 may va Vetnamda 7 iyul kuni nishonlanadi.

“Davlatimiz tomonidan “Ota-onalar kuni”ni bir sanada belgilash va mazkur kun doirasida oila, ota-onalarning mukarram va ulug‘ligini eslatuvchi targ‘ibot-tashviqot ishlarini, bayram tadbirlarini o‘tkazishni taklif qilamiz”, - deyilgan murojaatda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda yangi bayram paydo bo‘lishi mumkin