18:38 / 27.02.2019
7 316

O‘zbekistonda non narxi yana oshadimi?

O‘zbekistonda non narxi yana oshadimi?
Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda non narxi 2018 yil sentyabrdagi ko‘tarilishdan keyin yana bir marta oshadi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

«Zavodlar chegara narxni ushlab turishibdi, ya’ni ular oxirgi chegarada va rivojlana olmayapti. Ular baribir non narxini oshirishi kerak bo‘ladi. Buni juda yaxshi tushunyapmiz», - dedi Sultonov.

15 sentyabrdan boshlab O‘zbekistonda «buxanka» non narxi 650 so‘mdan 1100 so‘mga, deyarli ikki barobar oshdi. Bu mamlakatda nonni talab va taklif asosida shakllanuvchi erkin bozor narxi bo‘yicha realizatsiya qilishga oid yangi tartib joriy etilgani bilan bog‘liq.

«Biz nonga narxlarni qo‘yib yuborganimizda jiddiy tashvishlangan edik. Shuni ochiq aytishim mumkinki - bu uyqusiz ikki haftaga aylandi, o‘shanda bozor o‘zini qanday tutishidan tashvishga tushdik», - deya qayd etib o‘tdi vazir o‘rinbosari.

Hukumat o‘tgan yili ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun non narxi oshirilishini subsidiyalashni boshladi. Agar narx yana ko‘tarilsa, «qo‘shimcha subsidiyalar talab qilinadi», deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Sultonov.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab un va qolipli non olish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida kompensatsiya to‘lovi joriy etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda non narxi yana oshadimi?