
Oʻzbekiston Markaziy Banki rahbari Mamarizo Nurmuratov jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan suhbatda soʻm denominatsiyasi (ortiqcha nollarni olib tashlash) haqidaga savolga javob berdi.
Nurmuratov aytishiga qaraganda, Oʻzbekistonda denominatsiya oʻtkazish hozircha rejalashtirilmagan.
“Denominatsiya– bu juda nozik masala. Bu haqida men oʻz fikrimni aytishim mumkin xolos. Odatda denominatsiya makroistisodiy vaziyat, birinchi navbatda inflyatsiya barqarorlashganidan soʻng oʻtkaziladi”, - dedi Mamarizo Nurmuratov.
Undan tashqari Markaziy bank rahbari soʻzlariga koʻra, denominatsiya – bu texnik jarayon xolos. Uni oʻtkazish juda oson, lekin Markaziy bank hozircha oʻz oldiga bunday vazifa qoʻymagan.
“Biz hozircha bunday ishni maqsad qilmaganmiz. Mavjud nominaldagi pullar qulay va aholining naqd pulga boʻlgan talablariga javob beradi”, - dedi Nurmuratov.
Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning 22 avgustida Oʻzbekistonda 50 ming soʻmlik, 2019 yilning 25 fevralida – 100 ming soʻmlik banknotalar muomalaga kiritilgan edi.
Maʼlumot uchun: denominatsiya bu – moliyaviy islohotning bir turi boʻlib, u valyuta nominal qiymatini kamaytirishni, bir necha eski namunadagi qogʻoz pul oʻrniga 1 ta yangi namunadagi banknota ishlatishni nazarda tutadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar