3 820
Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar bo‘yicha jarimalar qachondan qo‘llaniladi?
O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan yangi o‘zgartirishlar bo‘yicha jarimaga tortish bir oydan so‘ng boshlanishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tayotgan tadbirda IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Azizxon Umarxonov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu bir oy davomida tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish kiritiladi. Xususan, ko‘plab munozaralarga sabab bo‘layotgan yorituvchi chiroqlar bo‘yicha iqlim sharoitlari hisobga olinishi mumkin.
Shuningdek, A.Umarxonovning bildirishicha, shu paytga qadar noto‘g‘ri to‘xtab turish uchun 7179ta holatda jarima qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, hukumatning 2019 yil 9 apreldagi Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
- svetoforning taqiqlovchi ishorasida to‘xtash chizig‘i oldida to‘xtaganda transport vositasining eng oldingi nuqtasi to‘xtash chizig‘i ustiga chiqib ketmasligi kerak;
- Toshkent shahar va viloyat hokimlari ayrim yo‘l uchastkalarida harakat tezligini (tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish) pasaytirishga vakolatli;
- aholi punktlarida ikkita harakat bo‘lagi bo‘lgan va o‘rtada tramvay izi bo‘lmagan bir tomonlama harakatli yo‘llarda to‘xtashga ruxsat etiladi;
- aylanma harakat chorrahasida harakatlanayotgan transport vositasi aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka ega;
- kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi chiroqlarni yoqib harakatlanishi shart;
- qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, oziq ovqat va shu kabi to‘kiluvchi tovarlarini tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material yopilgan bo‘lishi kerak;
- velosiped va moped haydashda rulni ushlamasdan yoki bir qo‘lda ushlab harakatlanish taqiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi