Foto: Sputnik
Fransiyaning Airbus aviasozlik kompaniyasi O‘zbekistonga 34 dona vertolyot yetkazib beradi, deb xabar qildi Sputnik.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» matbuot-xizmati vakili so‘zlariga ko‘ra, ushbu vertolyotlar kompaniya uchun emas, balki davlat darajasida xarid qilinmoqda.
Toshkentda tashrif bilan bo‘lib turgan Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri huzuridagi davlat kotibi Jan-Batist Lemuan OAV vakillari bilan uchrashuvda vertolyotlar modellari xususida to‘xtalgan.
Lemuanning so‘zlariga ko‘ra, gap Écureuil («Olmaxon») haqida bormoqda. Bu vertolyot baland tog‘ tizmalari va issiq iqlim sharoitiga ega hududlarda ekspluatatsiya qilishga mo‘ljallangan. Ushbu mashinadan, ishlab chiqaruvchilar ma’lumotiga keng ko‘lamdagi masalalarni hal etish uchun ishlatiladi: xususan, yong‘inni o‘chirish, elektro‘tkazgich liniyalarini monitoring qilish, yuklarni ko‘tarish, ekinlarni dorilash va geologorazvedka singari ishlarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi