O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In rafiqalari bilan birga ikki mamlakat san’at ustalarining konsert dasturida ishtirok etdi.
Oliy martabali mehmon sharafiga tashkil etilgan ushbu konsertda yurtimiz san’atkorlari, koreys madaniyat markazi a’zolari va Janubiy Koreyadan kelgan ijodiy guruhlar qatnashdi.
Ma’lumki, yurtimizda ikki yuz mingga yaqin koreys millatiga mansub fuqarolar yashaydi. Ular mamlakatlarimiz va xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishda katta rol o‘ynamoqda.
Ertaga Toshkentda Koreys madaniyati va san’ati uyi ochiladi. U koreys xalqining madaniy merosini saqlash va rivojlantirishga xizmat qiladi.
Konsertda o‘zbek va koreys milliy kuy-qo‘shiqlari ijro etildi. Ularda xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, madaniy hamkorlik yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Prezidentlar konsert ishtirokchilari bilan esdalik uchun suratga tushdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi