Rossiya eksport markazi O‘zbekistonda 600 million dollarlik loyihalar amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi markazning O‘zbekistondagi vakili Dmitriy Proxorenko Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Expo-Russian Uzbekistan-2019 ko‘rgazmasida.
“Biz hozir 600 million dollarlik loyihalarni ko‘rib chiqmoqdamiz. Bu loyihalar shu yil taklif etilgan yangi tashabbuslar”, - dedi Proxorenko ko‘rgazmada.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida Toshkentda metallurgiya zavodi, O‘zbekiston janubida umumiy qiymati 450 million dollar bo‘lgan sun’iy yonilg‘i ishlab chiqrish GTL zavodi qurish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda boshlangan Expo-Russian Uzbekistan-2019 ko‘rgazmasi Rossiyaning OAO "Zarubej-Ekspo", Rossiya Eksport markazi, Xalqaro tinchlik fondlari assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi ishtirokida tashkil etilgan.
Ma’lumot uchun, Rossiya O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biridir. Rossiya tomonidan O‘zbekiston iqtisodiga kiritilgan sarmoyalar 9 milliard dollar atrofida. Ikki mamlakat orasida savdo aylanmasi 6 milliard dollarga yaqin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi