24 aprel kuni Moskvada Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning XX yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev hamda Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin boshchiligida o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Maksim Oreshkinning ma’lum qilishicha, so‘nggi ikki yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 20 foizga o‘sdi - bu MDH davlatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri.
«Bosh vazirlar darajasida qo‘shma komissiya mavjud, bizda bu dunyodagi faqatgina bir necha davlat bilan amal qiladi. Bosh vazirlar uchrashuvi may oyi oxiriga rejalashtirilgan. Yil oxirida esa O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifini kutmoqdamiz», - dedi Oreshkin.
Shu bilan birga, O‘zbekiston iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik mustahkamlanayotgani hamda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi o‘sib borayotganini ta’kidladi. «Ayniqsa, shuni ta’kidlashni istardimki, tayyor, qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hajmi o‘smoqda, sababi bu rossiyalik hamkasblarimiz bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Ular o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan ish olib boradigan kompaniyalardir, bu Rossiya bozoriga yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlaydi», - dedi u.
Xo‘jayev, shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi qo‘shma korxonalar soni ortib borayotganini qayd etdi - 2019 yil birinchi choragida ular soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 400taga ko‘paygan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi