date
views 3 443

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifini yakunladi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifini yakunladi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etish uchun 24-27 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Pekin shahrida bo‘ldi.

Davlat rahbarining Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan uchrashuvida mamlakatlarimiz hamkorligining yangi istiqbollari belgilab olindi.

Shuningdek, Belarus Respublikasi prezidenti, Tojikiston Respublikasi prezidenti, Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Prezident “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etib, nutq so‘zladi, mintaqaviy hamkorlik uchun dolzarb ahamiyatga ega qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi, deya xabar beradi prezident matbuot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifini yakunladi (foto)