Amerika Qo‘shma Shtatlarida dunyodagi diniy erkinlik to‘g‘risida hisobot taqdim etildi.
Hisobotda qayd etilishicha, diniy erkinlik bo‘yicha xalqaro komissiya O‘zbekistonga diniy sabablarga ko‘ra ayblangan ko‘plab mahbuslar saqlanuvchi «Jasliq» qamoqxonasini yopishni tavsiya etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil dekabr oyida Xitoy, Eron, Saudiya Arabistoni, KXDR, Tojikiston, Turkmaniston va bir qator boshqa davlatlar AQSh Davlat departamenti tomonidan tuzilgan, diniy erkinliklarni buzayotganlar ro‘yxatiga kiritildi.
O‘shanda Pompeo Rossiya, Komor orollari va O‘zbekistonni maxsus «kuzatuv ro‘yxatiga» kiritdi, sababi ushbu mamlakatlar hukumatlari «diniy erkinlikning jiddiy buzilishlariga» yo‘l qo‘ymoqda deyilgan. Idora buzilishlar nimadan iborat ekanligiga aniqlik kiritmagan.
«Butun dunyo bo‘ylab ko‘plab joylarda odamlar shunchaki o‘z e’tiqodiga muvofiq yashayotgani tufayli ta’qib qilinmoqda, hibsga olinmoqda yoki halok bo‘lmoqda. Qo‘shma Shtatlar bunday zo‘ravonliklarni shunchaki kuzatib o‘tirmaydi», - deya ma’lum qildi Pompeo.
Davlat departamenti rahbarining ta’kidlashicha, diniy erkinlikni himoya qilish tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun muhimdir. Shunga qaramasdan, u Vashington ro‘yxatga tushgan mamlakatlar bilan nima qilishiga, ularga qarshi sanksiyalar joriy etilishi yoki etilmasligiga aniqlik kiritmadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"