Boysunda yangi gaz-kimyo kompleksi barpo etiladi (foto)

1 daqiqa o'qish4.8K
Boysunda yangi gaz-kimyo kompleksi barpo etiladi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasiga tashrifi asnosida Boysun tumanidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» gaz konida qidiruv va o‘zlashtirish ishlarini amalga oshirish, gaz-kimyo majmuasi qurish bo‘yicha mahsulot taqsimotiga oid bitim imzolangan edi.

Umumiy qiymati 5,27 milliard AQSh dollariga teng ushbu loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi.

2018-2022 yillarga mo‘ljallangan birinchi bosqichda yiliga 5 milliard kub metr gazni qayta ishlash quvvatiga ega zavod quriladi. 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan ikkinchi bosqichda 1,5 milliard kub metr gazni qayta ishlash hisobiga yiliga 500 ming tonna polimer mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega gaz-kimyo majmuasi barpo etiladi. Loyiha amalga oshirilgandan so‘ng 2 ming 200 ish o‘rni yaratiladi.

Hozirgi kunda gaz konining 3D seysmik qidiruv ishlari o‘tkazilmoqda, «Eriell» kompaniyasi tomonidan 7ta baholash qudug‘i burg‘ilanmoqda. Ob’yektda «Baker Hughes», «Halliburton» va «Schlumberger» xorijiy kompaniyalari mutaxassislari ham mehnat qilmoqda.

Boysun tumanida boshlangan navbatdagi loyiha mamlakatning janubiy hududini kompleks rivojlantirish, yoqilg‘i-energetika, kimyo, qurilish sanoati va transport infratuzilmasi korxonalari quvvatlarini oshirish imkonini beradi.

Prezidentga loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida erishiladigan natijalar haqidagi taqdimot namoyish etildi.
Boysunda yangi gaz-kimyo kompleksi barpo etiladi (foto)
Shavkat Mirziyoyev konda o‘tkazilayotgan geologiya-qidiruv jarayoni, uni o‘zlashtirish, tashqi infratuzilmalarni va gazni qayta ishlash zavodini qurishni jadallashtirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

Shu yerda Surxondaryo viloyatida 900 megavatli issiqlik elektr stansiyasi qurish, viloyatda sanoat sohasini rivojlantirish, muhandislik tarmoqlarini modernizatsiya qilish, 2019-2020 yillarda Boysun tumanida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, Sariosiyo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar taqdimotlari o‘tkazildi.
Boysunda yangi gaz-kimyo kompleksi barpo etiladi (foto)
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?