O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e’lon qilingan.
Hujjat bilan quyidagilar tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fanini yanada rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari deb hisoblanadi:
- birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari uchun umumiy amaliyot vrachlari ichidan ehtiyoj yuqori bo‘lgan tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarni tayyorlashni tashkil etish;
- tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta’limi jarayonlariga o‘qitishning kredit-modul tizimini joriy etish;
- tibbiyot va farmatsevtika kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimining markazlashtirilishiga barham berish, ularning uzluksiz kasbiy ta’lim bilan to‘liq qamrab olinishini ta’minlash;
- tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qitish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobga olishni ta’minlash;
- tibbiyot va farmatsevtika ilm-fanini, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarni jahon darajasigacha rivojlantirish, ularni global ilmiy maydoniga integratsiya qilinishini ta’minlash;
- kadrlarni tayyorlash, ta’lim, ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida tibbiyot va farmatsevtika muassasalarining klinikalari, o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirish. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi