2 921
Jurnalistlar va OAV vakillarining sud majlislarida ishtirok etish tartibi aniqlashtiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Oliy sud va Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Sud organlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.
Kun.uz nashrining xabar berishicha, davra suhbati doirasida bildirilgan fikrlar, bahs-munozaralar quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi:
“Jurnalistlar va OAV vakillarining sud majlislarida ishtirok etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish. Bunda:
– qanday hollarda alohida ochiq sud majlislarida jurnalistlarning ishtiroki yoki audio va videotasvirga olish moslamalaridan foydalanishi taqiqlanishi va ruxsat berilishini aniqlashtirish;
– sud qarori kuchga kirmagunga qadar OAV vakillari ishning tafsilotlarini, tomonlar chiqishlari va boshqa holatlarni yoritmasligi aniq belgilanib qo‘yilishi lozim.
Jurnalistlar uchun ularning huquqiy bilimi, sud jarayonlarini yoritish masalalari bo‘yicha kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan seminar-treninglarni doimiy ravishda tashkillashtirish.
Sudyalarning OAV bilan hamkorligini o‘rnatish borasidagi amaliy ko‘nikmalarini kuchaytishga yo‘naltirilgan seminarlar, matbuot anjumanlari va press-turlarni muntazam tashkil qilish. Oliy sud veb-saytida ochiq sud majlislari jadvalini har kuni yangilab borilishini ta’minlash.
Matbuot anjumanlari, brifinglar o‘tkazish, dolzarb sud jarayonlari, shu jumladan, jamoatchilik orasida shov-shuvga sabab bo‘lgan ishlar borasida Oliy sudning rasmiy bayonotlari o‘z vaqtida e’lon qilinishini ta’minlash. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi