
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning aytishicha, yaqin vaqt ichida O‘zbekiston bilan ikki tomonlama savdo hajmi 10 mlrd dollargacha yetkaziladi. U bu haqda hukumatlar rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishida aytdi.
"Aytib o‘tganimdek, savdo aylanmasi 20-25%ga oshdi, 4,5 mlrd dollarga yetdi", - dedi u.
Medvedevning aytishicha, bu MDH davlatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.
"Ijobiy o‘sish bu yil ham saqlanb qoladi, shu bois savdo aylanmasini 10 mlrd dollarlik ko‘rsatkichga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan", - dedi Rossiya bosh vaziri.
Eslatib o‘tamiz, Bugun, 30 may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dmitriy Medvedevni qabul qildi. O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda o‘zaro aloqalar va almashinuvlar faollashgani alohida ta’kidlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar