date

Internetda Toshkentning 1959 yildagi suratlari paydo bo‘ldi

Internetda Toshkentning 1959 yildagi suratlari paydo bo‘ldi

Amerikalik jurnalist va fotograf Xarrison Forman 1959 yilda O‘zbekistonda mehmon bo‘lganida Toshkentga kelib, xotiralarini suratlarga muhrlagan ekan.

Facebook.com ijtimoiy tarmog‘i orqali Toshkent shahrining tarixiy suratlarini muntazam ravishda joylashtirib keladigan Vladimir Mikulitski Voditeli Tashkenta guruhiga Amerikalik taniqli jurnalist va fotograf Xarrison Formanning 1959 yilda Toshkentda tushirgan suratlarini internetga joyladi, deb xabar bermoqda Qalampir.uz nashri.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, Xarrison Forman jurnalist sifatida jahondagi eng mashhur OAVlardan sanalmish New York Times gazetasida va National Geographic telekanalida faoliyat yuritgan. Jahongashta jurnalist faoliyati davomida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lib, u erda tushirgan suratlarini e’lon qilib borgan.

E’tiboringizga marhum jurnalist va fotograf Xarrison Formanning 1959 yilda Toshkentda tushirgan suratlarini taqdim etamiz. Bugungi kunga kelib Toshkent shahri ko‘chalari butkul o‘zgacha ko‘rinish kasb etgan bo‘lsa-da, ba’zi binolar va yo‘llar orqali suratlarda shaharning qaysi qismi tasvirlanganini payqash qiyin emas.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Internetda Toshkentning 1959 yildagi suratlari paydo bo‘ldi