10 iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatdagi missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allanni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmatiga tayanib Kun xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston — Buyuk Britaniya munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi va joriy yilda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
10−11 iyul kunlari London shahrida o‘tkaziladigan OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiyada O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv so‘ngida vazir Kristofer Allanga uning elchi sifatidagi sa’y-harakatlari va sermahsul faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi.
Elchi o‘z navbatida O‘zbekiston va TIV rahbariyatiga o‘zining Buyuk Britaniya diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidaga vazifalarini samarali bajarishida ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorchilik izhor etdi.
Kristofer Allan 2015 yilning kuzida Buyuk Britaniya elchisi etib tayinlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin