2 852
Shavkat Mirziyoyev Bangladesh prezidenti bilan aloqalarni faollashtirishni muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 iyun kuni tongda Dushanbe shahridagi o‘ziga ajratilgan qarorgohda Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamid bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Savdo, investitsiyalar, qishloq xo‘jaligi, turizm va gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Hukumatlararo va idoralararo darajadagi aloqalarni faollashtirish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Bangladesh Prezidenti Abdul Hamid Dushanbedagi OHIChK sammitidan so‘ng O‘zbekiston madaniy-tarixiy markazlari bilan tanishish uchun mamlakatimizga tashrif tashkil etilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi