Euronews O‘zbekiston haqida navbatdagi ko‘rsatuvni namoyish etdi

Euronews O‘zbekiston haqida navbatdagi ko‘rsatuvni namoyish etdi
Euronews O‘zbekiston haqida navbatdagi ko‘rsatuvni namoyish etdi

Euronews axborot agentligi “Yo‘ldan yo‘llanmalar” ko‘rsatuvlar silsilasi orqali O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosini yoritishda davom etmoqda.

Mazkur dastur sayohatga hamda mahalliy madaniyatga qiziquvchilarga mo‘ljallab tayyorlanmoqda. Haftalik qaydlar mashhur tarixiy obidalar va yodgorliklarga bag‘ishlanadi.

4 yanvar kuni Euronews kanali orqali “O‘zbekistondan salom xatlari” dasturining birinchi qismi namoyish etildi. U Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasiga bag‘ishlandi, deb xabar beradi kun.uz.

“O‘zbekturizm” MK matbuot xizmatining xabar qilishicha, reportaj translyatsiyasi 10 yanvarga qadar davom etadi. Yaqin orada yana 5 ta rolik translyatsiya qilinib, ularda Xiva, Shahrisabz, Rishton va Marg‘ilon haqida so‘z boradi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar