Rossiya ikki yil ichida O‘zbekistonga 12ta Mi-35M jangovar-transport vertolyotini yetkazib beradi. Bu haqda RIA Novostiga tayangan holda Kun.uz xabar qilmoqda.
«To‘rtta Mi-35M vertolyotini yetkazib berish muddati - 2019 yil to‘rtinchi choragi, sakkizta vertolyotni - 2020 yil», - deydi agentlik manbasi.
RIA Novosti’ga Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmatidan aniqlik kiritishlaricha, Mi-35M vertolyotlari va ularga tegishli uskunalar partiyasini yetkazib berish 2017 yilda O‘zbekiston hukumatiga berilgan davlat eksport krediti doirasida amalga oshiriladi.
Vertolyotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangani haqida 2018 yil xabar qilingandi. O‘shanda texnikaning aniq soni ochiqlanmagan.
Mi-35M jangovar-transport vertolyoti bo‘lib, jangovar harakatlar bilan birgalikda yuk tashish va evakuatsiya ishlarida ham qo‘llaniladi. Vertolyotni ikki kishi boshqaradi va 8 yo‘lovchini olib uchishi mumkin. Mi-35M kabinasiga 1500 kilogramm yuk ortish mumkin. Osma yuk sifatida esa 2400 kilogramm yukni ko‘tara oladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...